Mijozlar taniqli biznes egasidan sotib oladi. O‘sha inson siz bo‘ling.
Biz biznes egalariga shaxsiy brend quramiz. Mijozlarimizda 1 milliondan ortiq obunachi va 287 milliondan ortiq ko‘rish bor — bu esa ularning biznesiga tanilish, ishonch va sotuv olib kelmoqda.
Ariza 1 daqiqa oladi — biz siz bilan o‘zimiz bog‘lanamiz.
Mijozlarimiz profili qanday o‘zgardi.
13 biznes egasi, ulardan 10 tasi noldan boshlagan. Tepada — hamkorlikdan oldin, pastda — hozir.
Odamlar kompaniyadan emas, insondan sotib oladi.
Sizni bilgan va sizga ishongan odamga sotish ancha oson. Shaxsiy brend shu yo‘lni har kuni, har bir video bilan quradi.
Ko‘proq mijoz
Sizni kuzatayotganlar o‘zi yozadi va qo‘ng‘iroq qiladi. Mijoz qidirishga kamroq vaqt va pul ketadi.
Tezroq ishonch
Mijoz siz bilan gaplashishidan oldin sizni taniydi. Uzoq ishontirishga hojat qolmaydi.
Narxni tushirmasdan sotish
Taniqli ekspert bilan narx ustida kamroq bahslashishadi — chunki aynan sizni xohlashadi.
Sohangizda obro‘
Sizni bilishadi va boshqalarga tavsiya qilishadi. Hamkorlik takliflari o‘zi keladi.
O‘sib boruvchi auditoriya
Sizga qiziqqan va sizni kuzatib boradigan obunachilar har oy ko‘payadi.
Eng kuchli reklama
Sizning ismingiz va yuzingiz biznesingizning eng ishonchli reklamasiga aylanadi.
Siz faqat gapirasiz. Qolgani bizda.
Strategiya
Sohangiz va mijozlaringizni o‘rganib, sizni qanday ko‘rsatish kerakligini aniq rejalashtiramiz.
Ssenariy
Har bir video uchun tayyor ssenariy yozamiz. Kamera oldida nima deyishni o‘ylab o‘tirishingiz shart emas.
Suratga olish
Professional jamoa va zamonaviy, yuqori sifatli texnika bilan suratga olamiz.
Montaj
Videolarni ko‘p ko‘rish yig‘adigan va sizni professional sifatida ko‘rsatadigan qilib montaj qilamiz.
Joylash va profil
Videolarni o‘zimiz joylaymiz va profilingizda hammasi joyida bo‘lishini nazorat qilamiz.
Sotuv va reklama
Faqat ko‘rishlar emas — sotuvga ham e’tibor beramiz. Kerak bo‘lsa, target va boshqa reklama turlari orqali sizga mijoz olib kelamiz.
Natijalarimiz haqida mijozlarimizdan eshiting.
Biz bilan ishlagan biznes egalari natija va hamkorlik haqida o‘zi gapirib beradi.
O‘zingizga mos paketni tanlang.
Narxlar oylik. Qaysi biri sizga mosligini birinchi suhbatda birga aniqlaymiz.
Sizni ko‘pchilik tanishi uchun
- Shaxsiy brend strategiyasi va tanitish
- Oyiga 15 ta video
- Ko‘p ko‘rish yig‘adigan ssenariylar
- Studiyada va tashqarida suratga olish
- Chat-bot ulash
- 3 ta platformaga joylash: Instagram, YouTube, Telegram
Tanilishni sotuvga aylantirish uchun
- Shaxsiy brend strategiyasi va tanitish
- Oyiga 15 ta video
- Ko‘p ko‘rish yig‘adigan ssenariylar
- Studiyada va tashqarida suratga olish
- Chat-bot ulash
- 3 ta platformaga joylash: Instagram, YouTube, Telegram
- Sotuv sahifasi
- Biznes uchun targeting
- 2–4 ta sotuvga yo‘naltirilgan target video
- Sotuv va stories bo‘yicha o‘qitish
Eng katta natija uchun
- Shaxsiy brend strategiyasi va tanitish
- Oyiga 20 ta video
- Ko‘p ko‘rish yig‘adigan ssenariylar
- Studiyada va tashqarida suratga olish
- Chat-bot ulash
- 3 ta platformaga joylash: Instagram, YouTube, Telegram
- Sotuv sahifasi
- Biznes uchun targeting
- 2–4 ta sotuvga yo‘naltirilgan target video
- Sotuv va stories bo‘yicha o‘qitish
- YouTube uchun 2 ta video
V.I.P — eng yuqori darajadagi e’tibor. Loyihangizga ko‘proq vaqt ajratamiz, har bir bosqichga chuqurroq e’tibor beramiz va eng kuchli natijani kafolatlaymiz.
Shartnoma muddati: kamida 3 oy
Salom, men Farrux — AdCliks asoschisi.
Biz biznes egalariga shaxsiy brend quramiz — sizni ko‘proq odam tanishi, sizga ishonishi va sizdan xarid qilishi uchun.
Har bir loyihani strategiyadan boshlaymiz: siz kimsiz, nima haqida gapirasiz va kimga sotasiz. Qolgan hamma ishni — ssenariy, suratga olish, montaj va reklamani — jamoamiz o‘z zimmasiga oladi.
Biz mijozlar bilan uzoq muddat ishlaymiz: ko‘pchiligi biz bilan 9 oydan 1,5 yilgacha birga. Shu vaqt ichida 13 ta biznes egasining umumiy auditoriyasini 1 milliondan oshirdik. Keyingisi — siz bo‘lishingiz mumkin.
“Biz uchun natija — ko‘rishlar emas. Natija — sizga yozayotgan va sizni tanlayotgan mijozlar.”
Ko‘p beriladigan savollar.
Boshqa savolingiz bormi? To‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing.
Telegram orqali yozishQaysi shaharda ishlaysiz?
Ofisimiz Namanganda joylashgan, lekin butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz. Toshkentdan Andijongacha turli shaharlardan mijozlarimiz bor — boshqa shaharda bo‘lishingiz hamkorlikka hech qanday to‘sqinlik qilmaydi.
Kamerada gapira olmasam-chi?
Muammo emas. Ssenariyni biz yozamiz, suratga olishda yoningizda bo‘lamiz va tabiiy chiqishingizga yordam beramiz.
Mendan qancha vaqt ketadi?
Asosiy vaqtingiz faqat suratga olishga ketadi. Reja, ssenariy, montaj, joylash va reklama — bizning ishimiz.
Natija qachon ko‘rinadi?
Shaxsiy brend bir martalik reklama emas — u har oy kuchayib boradi. Birinchi suhbatda maqsadingizni va unga yetish rejasini birga belgilaymiz.
Ariza qoldirsam nima bo‘ladi?
Biz siz bilan bog‘lanamiz, biznesingiz haqida gaplashamiz va shaxsiy brendni qanday boshlashni aytib beramiz. Hech qanday majburiyat yo‘q.
Sizni tanishsin. Sizni tanlashsin.
Ariza qoldiring — qolganini biz bilan birga hal qilamiz.